Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekistonda mavjud sug‘orish kanallarida kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini (KMGES) barpo etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan
GESlarning umumiy soni
271 ta
GESlarning umumiy quvvati
111 MVt
Yillik ishlab chiqarish hajmi
338 mln. kVt·s
Tabiiy gaz isteʼmolini kamaytirish
102 mln. m³
Karbonat angidrid miqdorini qisqarishi
169 ming tn
Aholi uchun ish o'rinlari yaratish
352 ta ish o'rni
O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirish loyihasi O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim milliy tashabbus bo‘lib, u Jahon banki ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyiha mamlakatning qishloq va chekka hududlarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilgan.
Loyiha doirasida kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini (KMGES) asosan mavjud sug‘orish (irrigatsiya) kanallari negizida joylashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu yondashuv yangi yirik infratuzilmalarni qurishni talab qilmaydi, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi hamda atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni minimallashtiradi.
Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” rivojlanish strategiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha davlat siyosati va xalqaro iqlim tashabbuslari bilan uyg‘un holda ishlab chiqilgan. Loyiha kichik gidroenergetika sohasida barqaror bozorni shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan uzoq muddatli maqsadlarga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jahon bankining Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi (IDA)
O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi