#yashil_energiya
Nukus tumanida 3 ta, Xo‘jayli tumanida 2 ta mikro GES mahalliy aholi uchun elektr energiya ishlab chiqara boshladi.
Xususan, Nukus tumanida umumiy quvvati 45 kVt bo‘lgan 3 ta va Xo‘jayli tumanida har birining quvvati 50 kVtga teng bo‘lgan 2 ta (jami 145 kVt) mikro GES foydalanishga topshirildi.
Ushbu mikro GESlar orqali yiliga o‘rtacha 840 ming kVt·soat elektr energiya ishlab chiqariladi.